Sport | 18:10 / 23.11.2015
3668
1 daqiqa o‘qiladi

Peres matbuot anjumani o‘tkazib, "Real"ning keyingi rejalari haqida ma'lum qiladi

"Real" jamoasi prezidenti Florentino Peres bugun direktorlar kengashi yig‘ilishidan keyin matbuot anjumani o‘tkazadi. Toshkent vaqti bilan soat 23:30da o‘tkaziladigan bu majlis haqida "Qirollik klubi" saytida ma'lum qilingan.

Bu yig‘ilishda jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitesning kelajagi, jamoa prezidentligi uchun saylov masalasi hamda boshqa tashkiliy ishlar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish