20:41 / 23.11.2015
4846

Peterburglik haydovchi o‘z mashinasi g‘ildiraklaridan biri o‘rniga xoda qo‘yib oldi

Internetda Chevrolet Niva rusumli avtomobil egasi Sankt-Peterburg shahri ko‘chalaridan birida to‘rtinchi g‘ildirak o‘rniga xoda o‘rnatgan holda harakatlanayotgani tasvirlari nashr etildi.

"Bu yigit 50 km tezlikda harakat qilar edi", deb yozadi guvohlardan biri.

"Men ham uni kecha Murmankada ko‘rib qoldim. O‘shanda uning mashinasidagi xoda tushib qolib, u uch g‘ildirak bilan yurgandi. Asfaltga temir ishqalanishi tufayli yoqimsiz ovoz eshitilardi", deydi boshqa guvoh bo‘lmish Aleksey.

Roma ismli yigit esa ushbu mashinani Yangi Ladoga yo‘lida uchratganini aytgan.

Top