20:51 / 23.11.2015
7106

Qirg‘izistonning sobiq prezidentiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevga nisbatan yangi ayblovlar ilgari surildi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, sobiq prezident va uning qarindoshlari hamda sheriklar, bular sirasida sobiq bosh vazir Igor Chudinov, uning o‘rinbosari Iskandar Aydaraliyev va sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Arstanbek No‘g‘o‘yevlar 2008 yili Bishkek chetidagi yer uchastkalarini bir kategoriyadan boshqasiga o‘tkazish bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan.

“Ular “qishloq xo‘jaligi yerlari” kategoriyasidan “aholijoylar yerlari” kategoriyasiga o‘tkazilgan”, - deyiladi idora tarqatgan bayonotda. Shu munosabat bilan sobiq prezidentga korrupsiya aybi qo‘yildi, Chudinov, Aydaraliyev va No‘g‘o‘yevlar esa xizmat mansabini suiiste'mol qilishda ayblanmoqda.

Top