Jahon | 19:59 / 23.11.2015
5182
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgdagi imperator Aleksandr III qabri 24 noyabr kuni ochiladi

Mutaxassislar shu haftaning birinchi yarmida Chor Rossiyasi imperatorlaridan biri Aleksandr III (imperatorlik davri 1881—1894-yy.) jasadi qoldiqlarini o‘rganishni boshlashni rejalashtirmoqda. «Interfaks» xabariga ko‘ra bu ishlar imperiyaning so‘nggi hukmdori Nikolay II (1918 yilda inqilobchilar tomonidan o‘ldirilgan) va imperatorlik xonadoni a'zolari o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoiy ishga oid yangi irsiy ekspertiza doirasida o‘tkaziladi.

"Sankt-Peterburgdagi Petropavlovsk cherkovida joylashgan Aleksandr III qabri seshanba kuni ochilishi kutilmoqda", deya ma'lum qilgan manba.

Manbaning aytishicha, eksgumatsiyadan keyin (jasad qoldiqlari chiqarib olinganidan so‘ng) uning namunalari Moskvaga ekspertizaga jo‘natiladi.

Bundan oldinroq, Sankt-Peterburgda Romanovlar oilasi a'zolari qoldiqlari eksgumatsiyasi yakunlangani xabar qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish