Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:08 / 23.11.2015
2587
1 daqiqa o‘qiladi
Temir Sariyev O‘shda zilziladan aziyat chekkanlarga 200 ming som va'da qildi
Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan qator zilzilalaridan aziyat chekkan aholiga 200 ming somdan tovon puli to‘lashni va'da qildi. Bu haqda u bugun bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida ta'kidladi.
“Pul yetib bormaydi deb xavotir olmang. Dastlab vayron bo‘lgan va zarar ko‘rgan obektlarning aniq ro‘yxatini tuzish lozim. Mablag‘ bor, biz 200 ming somga yana FVV hisobiga kelayotgan pullarni qo‘shmoqchimiz”, - dedi u.
17-18 noyabr kunlari O‘shda 7 balli zilzila ro‘y berdi. Ofat episentri Qorasuv tumanida bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish