Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Independent: Rossiya havo zarbalari tufayli Suriyada 400dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lgan
The Independent nashri biroz oldinroq, Suriyadagi IShID jangarilari tinch aholi vakillaridan "tirik qalqon" sifatida foydalanishayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Nashrda yozilishicha, Rossiya samolyotlari tomonidan tashlangan bombalar tufayli o‘tgan vaqt ichida (deyarli 2 oy) tinch aholining 403 nafar vakili halok bo‘lgan. Ulardan 97 nafari bolalardir.
Jangarilar bombalardan qochib, aholi turar joylariga yashirinishmoqda, ularni nishonga aylantirishmoqda.
Shuningdek, OAVlar Rossiya tomonidan yo‘llanayotgan havo zarbalari IShIDga qarshi emas, Bashar Asadning muxoliflariga qarshi amalga oshirilayotganini ta'kidlashmoqda.