Jahon | 16:22 / 23.11.2015
3939
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidentiga “millat rahnamosi” rutbasi beriladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga “millat rahnamosi” rutbasi beriladi.
“Tojikistonda quyi palata deputatlari tomonidan “Tinchlik va birlik asoschisi – millat rahbari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi”, - deb xabar berdi Tojikiston telegraf agentligi.

Ayni paytda Emomali Rahmonga “millat rahnamosi” rutbasini berish uchun tayyorlangan qonun loyihasi parlament quyi palatasining qo‘mita va komissiyalarida ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu haqdagi dastlabki taklif 2015 yil aprelida berilgan edi.
2010 yil yozida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga shunday rutba berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish