Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: IShID va “al-Qoida” “jihoddagi birinchilik” uchun bellashishi mumkin
IShID tarafdorlari sonining oshib borishi, guruhning oxirgi paytlardagi faolligiga javoban “al-Qoida” ham faollashishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
“Hozir “al-Qoida” zaiflashgan, shu bois ular borligini eslatib turish uchun yangi operatsiyalar o‘tkazishni rejalashtirishi mumkin”, - dedi soha eksperti Hasan Abu Xoniya. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda IShID va “al-Qoida” “jihoddagi yetakchilik” uchun o‘ziga xos poyga uyushtirmoqda.
Oxirgi yilda “al-Qoida” tarkibidagi ko‘pgina sunniy jangarilar IShIDga qo‘shilib ketdi. Ikki oy muqaddam Nigeriyaning “Boko Harom” guruhi ham IShIDga sadoqat izhor qildi.
Maqola muallifining fikricha, Malida Radisson Blu mehmonxonasiga uyushtirilgan hujumni “al-Qoida”ning “o‘zi haqida eslatib qo‘yish” borasida akti sifatida baholanishi mumkin.