Jahon | 16:39 / 23.11.2015
2890
1 daqiqa o‘qiladi

Zilziladan jabr ko‘rgan O‘sh viloyati aholisiga yordamlar kelib tushmoqda

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida zilziladan aziyat chekkan aholiga yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda QR FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, davlat zaxirasidan 30 tonna un, 8 tonna yog‘, 5 tonna shakar, 400 dona adyol, 14ta pech ajratildi. O‘sh meriyasi un, makaron, dori vositalarini yetkazib berdi. Qizil yarim oy milliy jamiyati tarmog‘idan ham adyollar, oshxona gigiyenik jamlanmalar yetkazilib, tarqatildi.

Ko‘mir shaxtalari esa 300 tonna qattiq yonilg‘i, Transport va kommunikatsiya vazirligi 66ta konteyner ajratdi.
Shuningdek, kompaniya va tashkilotlar ham o‘z yordamini taqdim etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish