Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot manbasi: Putin Suriyada Rossiyaning Su-24 samolyoti qulashi bilan bog‘liq murojaatga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Kremldagi axborot manbasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada Rossiyaning Su-24 samolyotining urib tushirilishi bilan bog‘liq murojaatga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qildi, deya xabar berdi “Govorit Moskva”.
Murojaat tafsilotlari hozircha oshkor qilingani yo‘q.
Bundan oldinroq, Turkiya bilan chegara yaqinida harakatlangan Rossiya samolyoti urib tushirilgani, uchuvchilar parashyut orqali samolyotni tark etgani xabar qilingandi.
Turkiya tomoni samolyotni chegarani buzgani uchun unga o‘q uzishdan oldin 5 daqiqa davomida 10 marta ogohlantirganini bildirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa bu samolyot butun parvoz davomida faqat Suriya hududida bo‘lganini qayd etib o‘tgan.
"Bu holat xolis nazorat vositalari bilan qayd etilgan", deyilgan vazirlik bayonotida.
Uchuvchilardan biri Lataqiyada yashovchi turkmanlar qo‘liga asir tushgani aytilgan. Ikkinchisining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.