Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anons. YeChLning 5-turida birinchi kun o‘yinlari o‘tkaziladi
Bugun, 24 oktabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 5-tur uchrashuvlariga start beriladi. To‘rtta guruhda (E, F, H, H) jamoalar navbatdagi raqiblariga qarshi maydonga chiqishadi.
Barselona - Roma

Turning markaziy bahslaridan biri Kataloniyada "Barselona" va "Roma" o‘rtasida o‘tkaziladi.
O‘yindan oldin mehmonlar ustozi Rudi Garsiya bu o‘yinda g‘alaba qozonish niyatida ekani haqida bildirgan.
Ayni vaqtda guruhda 4-turdan keyin "Barselona" 10 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Roma"da 5, uchinchi o‘rindagi "Bayyer"da 4, oxirgi o‘rindagi BATE jamoasida 3 ochko bor.
BATE - Bayyer

BATE esa o‘z maydonida "Bayyer" bilan uchrashadi. Mehmon jamoa guruhdan chiqishga yaxshiroq imkoniyat hosil qilish uchun bu o‘yinda g‘alaba qilishi kerak.
Arsenal - Dinamo Z

To‘rtinchi turda "Bavariya"dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan "Arsenal" bu turda guruhdan chiqish uchun deyarli imkoni qolmagan Zagrebning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi. Mezbonlar bu o‘yinga asosiy tarkibning 7 nafar futbolchisini jarohat tufayli tushira olmaydi.
YeChLning guruh bosqichida F guruhidan o‘rin olgan "kanonirlar" 4-tur o‘yinlari natijasiga ko‘ra 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda turibdi. 5-turda o‘zaro uchrashadigan "Bavariya" va "Olimpiakos" jamoalarida 9tadan ochko mavjud. Zagrebning "Dinamo" jamoasi esa 3 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda.
Bavariya - Olimpiakos

Myunxenliklarning "Olimpiakos"ga qarshi o‘yini bugun, Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi. Jamoa joriy mavsumda juda kuchli o‘yin namoyish qilmoqda va chempionlik uchun asosiy da'vogar bo‘lib qolmoqda.
Portu - Dinamo Kiyev

G guruhida yetakchi bo‘lgan "Portu" bugun "Dragau" stadionida keyingi bosqich masalasini hal qilishi mumkin. Ayni vaqtda jamoa hisobidagi ochkolar soni 10ta.
Makkabi T-A - Chelsi

"Chelsi" esa safarda Isroilning "Makkabi Tel-Aviv" jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bu uchrashuvdagi g‘alaba va "Portu"ning "Dinamo" Kiyevni mag‘lub etishi guruhdagi jamoalar taqdiriga bugunoq oydinlik kiritishi mumkin.
Zenit - Valensiya

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qiladi. Keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddalagan Villash-Boash shogirdlari bu safar muxlislari uchun ham g‘alaba qozonish uchun o‘ynashadi.
Lion - Gent

Fransiya chempionatida ham, xalqaro maydonlarda ham ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsata olmayotgan Fransiyaning "Lion" jamoasi Belgiyaning "Gent" jamoasini qabul qiladi.