Texnologiya | 12:15 / 24.11.2015
2251
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Marsga uchadigan raketa dvigatellari yaratish uchun 1 mlrd dollarlik shartnoma imzolandi

AQShning aeronavtika va kosmik makon tadqiqoti bo‘yicha milliy boshqarmasi (NASA) Aerojet Rocketdine kompaniyasi bilan yangi SLS og‘ir tashuvchi raketasi dvigatellarini yaratish borasida shartnoma imzoladi. Ushbu raketadan boshqariladigan Orion kemasini Marsga yuborishda foydalaniladi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, shartnoma qiymati 1.16 mlrd dollarni tashkil qilgan. U 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
NASA buyurtmasiga asosan yangi og‘ir raketa ustida Boeing kompaniyasi ishlamoqda.

U turli modifikatsiyalarda yig‘ilib, orbitaga 70-130 tonnalik yuklarni olib chiqishga qurbi yetadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, bitta bunday raketani uchirish 500 mln dollarga tushadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish