O‘zbekiston | 08:09 / 24.11.2015
41441
2 daqiqa o‘qiladi

BAAda o‘zbekistonlik ayol ijtimoiy tarmoqlar orqali behayo suratlar tarqatgani uchun hibs qilindi

BAA huquq tartibot organlari xodimlari Dubay shahrida O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan 35 yoshli ayolni o‘zining behayo suratlarini ijtimoiy tarmoqlar bo‘ylab tarqatgani uchun hibs qilishdi.

"Novosti Dubay" nashrining xabariga ko‘ra, u o‘zining 90 mingdan ortiq o‘quvchilari kuzatishi mumkin bo‘lgan sahifasiga tungi ko‘ylakda tushgan suratlarini joylashtirgan va endilikda "beadab harakati" uchun ayblanadi.

"Qo‘lga olinuvchi har kuni o‘zining turli suratlarini sahifasiga joylashtirishi, bundan maqsad faqat o‘z obunachilari sonini oshirish ekanini aytgan hamda BAA qonunchiligida bunday taqiq mavjudligini bilmasligini bildirgan", deb yozadi nashr.

Ayni vaqtda bu ish bilan prokuratura shug‘ullanmoqda.

Ma'lumot uchun, BAAda quyidagi holatlar axloqiy jinoyatlar sifatida baholanadi:

- Jamoat joylarida "muhabbat bilan shug‘ullanish";
- So‘z bilan insonlarni haqorat qilish (tilni chiqarish ham shu turdaga haqorat sirasiga kiradi);
- Odamlarni ularning ruxsatisiz suratga yoki videoga olish;
- Dinlarga behurmat munosabatda bo‘lish;
- Nomahram insonga tegishli mulkdan foydalanish (uy, transport vositalari va hokazo);
- Juda ochiq kiyinish.

Bunday "jinoyatlar" uchun jarima, deportatsiya va hatto qamoq jazolari tayinlanishi ham mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish