10:43 / 24.11.2015
1822

Belgiya hukumati Bryusseldagi xavfsizlik rejimini bir haftaga uzaytirdi

Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel Bryusseldagi xavfsizlik rejimi yana bir haftadaga uzaytirilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda OAV.

“Biz shaharda xavfsizlikning to‘rtinchi darajasini yana bir haftaga uzaytirdik. Bu fuqarolarimiz xavfsizligi yuzasidan bu chora-tadbirlarni amalga oshirdik”, — dedi u.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun huquq-tartibot idoralari xodimlari soni miqdori oshiriladi.

Top