07:06 / 24.11.2015
1943

Belgiya prokuraturasi: Bryusselda terrorchilikda gumon qilinib ushlangan 16 kishidan 15 nafari qo‘yib yuborildi

Bryusselda terrorchilikda gumon qilinib 23 noyabr kechki paytda ushlangan 16 kishidan 15 nafari qo‘yib yuborildi, bir kishi hibsga olindi. Bu haqda Bryussel federal prokuraturasi ma'lum qildi.

“Bir kishi hibsga olindi, 15 kishi so‘roq qilingandan keyin qo‘yib yuborildi”, deb ma'lum qildi prokuratura.

23 noyabrda ertalab ushlangan 5 kishi hali ham so‘roq qilinmoqda, ularga nisbatan chora 24 noyabr ertalab ko‘rilishi kutilmoqda.   

Politsiya ushlanganlarning shaxsini oshkor etmayapti. Bosh gumon qilinuvchi Saloh Abdusalom ozodlikda qolmoqda.

Top