Jahon | 08:32 / 24.11.2015
1831
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya parlamenti keyingi haftada Suriyadagi harbiy amaliyotlarni boshlash uchun ovoz berishi mumkin

Buyuk Britaniya parlamenti mamlakat harbiylarining Suriya hududidagi IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyotlarga kirishishi yoki kirishishmasligi masalasini hal qilish uchun ovoz berishi mumkin. Bu haqda parlament a'zolaridan biriga asoslanib, Sky News xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, bir qator yuqori martabali deputatlar bosh vazirni bu masalada (jangarilarga qarshi harbiy koalitsiyaga qo‘shilish - kun.uz) qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Qayd etilishicha, leyboristlar yetakchisi Jyeremi Korbinning urushga qarshi dasturi inobatga olinmasligi kerak, deb hisoblanilmoqda.

Biroz oldinroq, Kemeron Britaniya IShIDga qarshi kurashda ishtirok etishi zarur, deb hisoblashi haqida aytib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish