Jahon | 13:18 / 24.11.2015
5344
2 daqiqa o‘qiladi

Emomali Rahmon Hoji Halim boshliq isyonchilarga qarshi o‘tkazilgan operatsiyadagi xatolarni ko‘rsatdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 23 noyabr kuni Xavfsizlik kengashida yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbirda kengashning barcha doimiy a'zolari, Konstitutsion sud, Oliy sud, Oliy iqtisodiy sud rahbarlari, huquq-tartibot organlari rahbariyati vakillari, tegishli vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bosh prokuror Yusuf Rahmonning shu yil sentabrida Tojikistonda hokimiyatni ag‘darishga urinishning amalga oshirilishi sabablari yuzasidan hisoboti tinglandi. Eslatib o‘tamiz, o‘shanda polkovnik Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi bir guruh shaxslar hukumat kuchlari bilan qurolli to‘qnashuvlarga kirgan edi.
Shuningdek, bosh prokuror terrorchilik va ekstremizmga qarshi olib borilayotgan kurash tafsilotlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

Emomali Rahmon yig‘ilish boshida 4-16 sentabr kunlari Romit darasida Hoji Halim laqabini olgan Nazarzoda tarafdorlariga qarshi olib borilgan maxsus operatsiyada yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolarga to‘plangan diqqatini qatagan.
Shundan so‘ng tadbir mobaynida boshqa tegishli idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va xulosalar qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish