Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Su-24 ga hujumdan keyin xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Su-24 samolyoti Turkiya tomondan urib tushirilgandan keyin xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilish chaqirdi, deb xabar bermoqda Turkiya hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Yig‘ilishda Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘lu, mudofaa vaziri va bir necha nafar vazirlar ishtirok etadi.
Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti Turkiya chegarasidan 1 km uzoqlikda Suriyaning Lataqiya viloyatida turk samolyoti tomonidan urib tushirildi. Turkiya Rossiyani Suriyadagi harbiy operatsiya davomida havo hududi buzilayotgani haqida bir necha bor ogohlantirgan.
Avvalroq Turkiya Su-24 samolyoti bilan bog‘liq vaziyat tufayli AQSh, Fransiya, Xitoy va Buyuk Britaniya elchilarini chaqirtirgani ma'lum qilingandi. O‘z navbatida Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyaning Rossiyadagi harbiy attashesini chaqirtirdi.