Sport | 19:22 / 24.11.2015
2318
1 daqiqa o‘qiladi

FIFAda Blatter uchun ham bir umrga futboldan chetlashtirish jazosi qo‘llashni so‘rashmoqda

FIFA axloq qo‘mitasi tashkiloti prezidenti Yozef Blatterni futboldan butun umrga chetlatilishini talab qilmoqda. Bu haqda Die Welt nashri jurnalisti Tim Ren o‘z tvitterida yozib qoldirgan.

Oldinroq, FIFAning axloq qo‘mitasi UYeFA prezidenti Mishel Platinini butun umrga futboldan chetlatishni talab qilib chiqqani borasida xabarlar tarqatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, noqonuniy ravishda pul o‘tkazmalari sabab Blatter va Platini oktabr oyi boshida 90 kunga futboldagi faoliyatidan chetlashtirilgandi.

Bu borada ikkala tomon bergan apellyatsiya ham e'tiborsiz qoldirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish