18:24 / 24.11.2015
2713

Filippinning sobiq birinchi xonimi kolleksiyasida noyob olmos topildi

Filippinning sobiq birinchi xonimi Imelda Markos taqinchoqlari orasidan 25 karatli noyob pushti olmos topildi. Bu haqda Reuters agentligi Christie's auksion uyi ma'lumotiga asoslangan holda xabar berdi.

Filippin hukumati Christie's va Sotheby's auksion uylariga qariyb 30 yil muqaddam Ferdinand Markos tuzumi ag‘darilganidan so‘ng musodara qilingan kolleksiyani baholab berishni so‘ragan edi. Baholashlardan so‘ng mamlakat hukumati ularni savdolarga chiqaradi.

Christie's vakili Devid Uorren olmosni “to‘lqinlantiruvchi topilma” deb atadi. “Pushti olmos o‘ta noyob hisoblanadi”, - dedi u. Uorren so‘zlariga ko‘ra, toshning bahosi 5 million dollarga qadar chiqishi mumkin. Sotheby's esa kolleksiyaga 26 noyabrda baho beradi.

Filippin hukumati Markosning taqinchoqlarini 2005 yildayoq sotishga harakat qilgan edi. Biroq sobiq rahbarning bevasi yangi hukumatning harakatlariga nisbatan e'tirozini bildirgan edi.

Top