Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jastin Biber The Beatles va Dreykning rekordini yangiladi
Kanadalik pop-ijrochi Jastin Biber Billboard jurnalining yuztalik reytingiga bir paytning o‘zida kiritilgan qo‘shiqlar soni bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatdi. 2015 yil 5 dekabriga oid bo‘lgan yangi Hot 100 chartiga uning 17 kompozitsiyasi kiritildi.
Ilgarigi rekord – 14 qo‘shiq 1964 yili The Beatles guruhi tomonidan o‘rnatilgan edi. 2015 yilning 7 mart va 17 oktabr kunlari bu natijani kanadalik reper Dreyk ikki marta takrorladi.
Biberning Purpose nomli yangi albomi 13 noyabr kuni chiqib, darhol Billboard 200 chartining boshiga chiqdi. Yangi albomdagi barcha 13 qo‘shiq, shuningdek, bir nechta bonus-trek Billboard Hot 100 xit-paradiga kirdi. Sorry ashulasi 2-o‘rinda bo‘lsa, eng past natijani (98-o‘rin) Trust kompozitsiyasi qayd qildi.