Jahon | 00:39 / 24.11.2015
2559
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri: mamlakatlarning o‘zaro birlashuvi IShIDni yo‘q qilishda qo‘l keladi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri NBS telekanaliga bergan intervyusida AQSh va uning ittifoqchilari IShIDga qarshi kurashni yanada kuchaytirishlari lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

“Ayta olish mumkinki, IShID o‘z jangarilarini boshqa davlatlardan kelgan jangarilar hisobiga to‘ldirdi hamda ularga ishonch berdi”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShIDga qarshi kurashni aynan Suriya va Iroqda kuchaytirish kerak. “Bir yil oldin IShIDga qarshi koalitsiya yo‘q edi”, — dedi Kerri. Shu bois davlat kotibi terrorchilarga qarshi kurash yaqin kunlarda yanada kuchaytirilishini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish