Jamiyat | 09:48 / 24.11.2015
2187
1 daqiqa o‘qiladi

Maxsus muassasadan qochish tashkilotchisini Rossiyadan bir umrga deportatsiya qilishadi

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi chet el fuqarolari uchun vaqtinchalik qabulxonadan ikki sherigi bilan qochib ketgan Tojikiston fuqarosi Samariddin Rustamov Rossiyadan bir umrga chiqarib yuboriladi. News.tj saytining yozishicha, bu qaror federal migatsiya xizmati tomonidan qabul qilingan.

Aytilishicha, Rustamov bir necha oy muqaddam shifoxonadan jarrohlik amaliyoti oldidan qochishga uringan. Klinikiga u maxsus qabulxonada appenditsit gumoni bilan yuborilgan edi.

23 noyabr kuni esa u ikki tojikistonlik sherigi bilan kamera devorini teshib qochib ketgan. Qo‘riqchi uxlab qolgani bois ularning xatti-harakatlarini hech kim sezmay qolgan. Kamera ichida ular bilan birga o‘tirgan yana uch kishi qochishga jur'at qila olmagan.
Ayni paytda qochoqlar qidirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish