15:41 / 24.11.2015
4708

Manba: Su-24 uchuvchilaridan biri halok bo‘lgan

CNN Turk telekanali jurnalisti Ezgi Jankurtaran o‘z tvitteri orqali Suriya hududiga qulagan, Turkiya tomonidan urib tushirilgan Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyoti uchuvchilaridan biri halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi.

Shu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda samolyot uchuvchisining yerga yiqilib, halok bo‘lgani ko‘rsatilgan suratlar tarqalgan. Lekin ularning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.

Biroz oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Su-24 samolyoti Lataqiyada qulagani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan va uning uchuvchilari qidirilishi boshlagandi.

Ayni vaqtda Rossiya harbiy vertolyotlari Suriyada qulagan Su-24 uchuvchilarini qidirmoqda.

Turkiya bilan chegara yaqinida harakatlangan Rossiya samolyoti urib tushirilgani, uchuvchilar parashyut orqali samolyotni tark etgan.

Turkiya tomoni samolyotni chegarani buzgani uchun unga o‘q uzishdan oldin 5 daqiqa davomida 10 marta ogohlantirganini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa bu samolyot butun parvoz davomida faqat Suriya hududida bo‘lganini qayd etib o‘tgan.

Uchuvchilardan biri Lataqiyada yashovchi turkmanlar qo‘liga asir tushgani aytilgan. Ikkinchisining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda edi.

Top