12:41 / 24.11.2015
3063

Namangan aeroportining o‘tkazish qobiliyati soatiga 200 yo‘lovchiga yetdi

“Namangan” xalqaro aeroportidagi ta'mirlash ishlari yakuniga yetib, u bir soatda 200 mijozga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri yozmoqda.

“Namangan xalqaro aeroporti” DUP aerodrom xizmati rahbari Valeriy Semayevning ta'kidlashicha, olib borilgan ishlar aeroport xavfsizligini oshirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini ko‘tarish, aeroportni xalqaro standartlarga yaqinlashtirishni ko‘zlagan. “Aeroyo‘lloyiha” MChJ loyihasi asosida qurilish ishlarini “O‘zavtoyo‘l” DAKning Qo‘qondagi strukturasi bo‘lmish “Sharqiy XDAAYSITFK” amalga oshirdi.

Aeroport kun davomida barcha turdagi, shu jumladan, Boeing va Aerobus rusumli havo kemalarini qabul qilish salohiyatiga ega bo‘ldi.

Top