Jahon | 16:31 / 24.11.2015
4628
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: NATO Anqaradan Su-24 samolyoti qulashi bo‘yicha ma'lumotlarni so‘radi

NATO harbiy bloki Suriya hududida qulagan Rossiyaning Su-24 samolyoti bo‘yicha vaziyatni o‘rganib chiqadi.

Britaniya televideniye bergan ma'lumotga ko‘ra, NATO vakili shimoliy alyans keyingi sharhlardan tiyilish bo‘yicha «Turkiya hukumatining aloqalarini qo‘llab-quvvatlaydi».

Oldinroq Rossiya mudofaa vazirligi Suriya hududida Su-24 harbiy samolyoti qulagani haqida xabar bergandi.

«Bugun Suriya hududida Rossiya aviaguruhiga tegishli Su-24 harbiy samolyoti yerdan turib berilgan o‘q otishlar natijasida quladi», - deya xabar beradi vazirlik vakili «Interfaks»ga bergan ma'lumotida.

Shu bilan birga Turkiyaning «Hurriyat» gazetasi bergan xabarga ko‘ra, seshanba kuni ikkita harbiy samolyot Turkiya chegarasi yaqiniga kelib qolganida ogohlantirilgan, keyin ulardan biri qulab tushgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish