18:44 / 24.11.2015
3300

Ostonalik polvon grelkani shishirish bo‘yicha o‘rnatgan jahon rekordini Nursulton Nazarboyevga bag‘ishladi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha chempionat davomida Sergey Tsirulnikov ismli qozog‘istonlik polvon grelkani shishirish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi va bu rekordini Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga bag‘ishladi, deb xabar bermoqda “Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi. 

Avvalgi rekord ukrainalik atlet tomonidan 12 yil avval o‘rnatilgan – u 1 daqiqa 47 soniyada qo‘llari yordamida 7 ta grelkani shishirgan. Tsirulnikov esa bu rekordni qiyinlashtirib, 1 daqiqa 37 soniyada 5 ta grelkani ular yorilguncha qo‘llaridan foydalanmagan holda shishirdi.

Polvonning aytishicha, u bu rekordga tayyorgarlik ko‘rish davomida 500 taga yaqin grelkani shishirib yorgan hamda grelkani burni bilan shishirishni o‘rganib olgan.

“Shuni aytmoqchimanki, jismoniy kuch – bu har doim ham mushak va katta o‘lchamlar emas, asl kuch – sizning miyangizda va faqat siz o‘zingizgina o‘z imkoniyatlaringizni belgilay olasiz”, deb aytdi polvon.

Endi atlet o‘z oldiga yangi maqsad qo‘ymoqda – bir qo‘li bilan 153 kilogrammlik toshni ko‘tarmoqchi.

Top