O‘zbekiston | 15:09 / 24.11.2015
3925
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Pokistonga paxta teradigan kombaynlarini sotib olishni taklif qildi

Pokiston bosh vaziri Muhammad Navaz Sharif Pokiston va O‘zbekiston ikki tomonlama savdo hajmini 300 million dollarga yetkazish uchun texnologiyalar va tajribalarini bir-biri bilan almashishi kerakligini ma'lum qildi.

Review.uz ma'lumotiga ko‘ra, yaqindagina yakuniga yetgan ikki kunlik tashrifi jarayonida Samarqandda bo‘lgan Muhammad Navaz Sharif og‘ir texnikalar, jumladan, yuk mashinalari, paxta va sholi yig‘ish kombaynlari, seyalkalar, traktorlar va avtobuslar ishlab chiqarilishi jarayoni bilan tanishdi.

Uning o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev o‘zbek kombaynlari dunyo bozorida sotilayotgan boshqa shu kabi texnikalardan ancha arzon ekanini ta'kidlab o‘tdi. O‘zbekiston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Pokistonga agrar mamlakat sifatida bunday texnikalar zarur va o‘zbek tajribasidan foyda olishi lozim.

Pokiston bosh vaziriga paxta hosilining uchinchi va to‘rtinchi yig‘imlarida ham ishtirok etib, faqatgina yetilgan hosilni terib oladigan, xom ashyo tayyorgarligini tabaqalashtiradigan kombaynlar ko‘rsatildi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri Pokistonga tashrif buyurib, Pokiston zaminida o‘zbek qurilmalarini sinovdan o‘tkazishi mumkinligini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish