Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik shaxmatchi Marat Jumayev Olmaotadagi musobaqada uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
23 noyabrda Olmaotada bo‘lib o‘tayotgan “Shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo kubogi” musobaqasining uchinchi turi boshlandi. Uch tur bo‘yicha uch ochko jamg‘arganlar ro‘yxatiga grossmeysterlar Jumabayev Rinat, Kajgaleyev Murtas (Qozog‘iston), Amonatov Farrux (Tojikiston), Jumayev Marat (O‘zbekiston) va qozog‘istonlik xalqaro master Kuderinov Kirillar kirdi.

2,5 ochkoga (2 g‘alaba, 1 durang) 4 nafar qozog‘istonlik va ikki nafar o‘zbekistonlik xalqaro grossmeysterlar —Anton Filippov va Jaxongir Vaxidovlar ega.
Ayollar bahsida eng yaxshi natijaga, 2,5 ochkoga qozog‘istonlik sportchi Gulisxan Naxbayeva ega bo‘lib turibdi.
Oldinda yana olti tur bor.

