Parij transport jandarmeriyasi poytaxt aeroportida Air France kompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyotdan 41 kilogramm miqdorida kokain giyohvand moddasini topdi. Bu haqda Europe1 xabar bermoqda.
Sen-Marten — Parij yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qiluvchi Airbus A340 samolyoti Ruassi — Sharl-de-Goll aeroportida tintuvdan o‘tkazilgan.
Giyohvand moddalar yuklar bo‘limidagi to‘rtta yo‘lovchi sumkadan topilgan.
Tekshiruv ishlari bilan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash markaziy byurosi shug‘ullanmoqda.