Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Su-24 voqeasi sabab Turkiyaga harbiy javob berish haqida gapirmadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin aviahalokatga uchragan Su-24 samolyoti voqeasi sabab Turkiyaga harbiy javob berish haqida gapirmadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Prezident voqea yuzasidan biror-bir harbiy amaliyotni qo‘llash borasida hech narsa demadi. Bunday va shunga yaqin hech qanday bayonot bermadi”, — dedi u jurnalistlarning savollariga javob qaytarar ekan.
Shu bilan birga Peskov “albatta, prezident Turkiya tomonining bunday nodo‘stona harakatini inobatga oldi”, deb aniqlik kiritib o‘tdi.