Jahon | 18:47 / 24.11.2015
14877
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Su-24ning urib tushirilishi orqadan berilgan zarba deb baholadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya tomonidan Su-24ning urib tushirilishi orqadan berilgan zarba deb baholadi.

“Bu voqea terrorchilikka qarshi kurash doirasidan chiqib ketadi. Albatta, bizning harbiylarimiz terrorga qarshi qahramonlarcha kurashmoqda, o‘z hayotlarini ayamayapti. Ammo bugungi yo‘qotish terrorchilarning gumashtalari tomonidan orqamizdan berilgan zarba bo‘ldi. Men buni boshqacha tushuntira olmayman”, - dedi u.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, bu voqea AQSh bilan havodagi ko‘ngilsizliklarning oldini olish borasida kelishuv imzolanishiga qaramay sodir bo‘ldi.

“Endi orqamizga zarba berishmoqda, terrorga qarshi kurashayotgan samolyotlarimizga, vaholanki biz amerikalik hamkasblarimiz bilan havodagi ko‘ngilsizliklarning oldini olish borasida kelishuv imzolagan edik. Turkiya ham AQSh koalitsiyasi tarkibida turib kurashmoqda”, - ta'kidladi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish