Jamiyat | 09:54 / 24.11.2015
5146
2 daqiqa o‘qiladi

Qarag‘andadagi model agentligi rahbari har hafta 10 nafardan qizni chet elga fohishalikka yuborgani aniqlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida joylashgan model agentligi direktori ustidan o‘tkazilgan sud jarayoni yakuniga yetdi, deb xabar beradi Nur.kz sayti.

Aniqlanishicha, 24 yoshli Aliya Nurkenova ko‘plab qizlarni chet elga fohishalikka yuborib kelgan. Har hafta Bahrayn va BAAga 7-10 nafardan qiz yuborilgan. Direktorning o‘zi ham model bo‘lib, Qozog‘iston hamda qo‘shni davlatlardagi kastinglarda bir necha marotaba ishtirok etgan.

Bugun, 24 noyabr kuni, Qarag‘anda viloyat sudi appelyatsion kollegiyasi Nurkenovaning uni garovga qo‘yib yuborish borasidagi da'vosini ko‘rib chiqib, uni qondirmaslikka va qizni tergov izolyatorida qoldirishga qaror qildi.

Tergov ishi Bahrayn qirolligi elchixonasi nazorati ostida bormoqda – u yerga jabrdiyda qizlardan biri murojaat qilgan edi. Elchixona darhol Qozog‘iston IIV bilan bog‘lanib, jinoyatchini fosh qilishga yordam berdi.
Nurkenova aybini tan olmay, qizlar o‘z ixtiyorlari bilan ketganligini ta'kidlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish