Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:09 / 24.11.2015
3204
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Eronga 5 mlrd dollar miqdorida eksport krediti ajratishga tayyor
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron tomoniga bir qator loyihalarni amalga oshirish uchun 5 mlrd dollar miqdorida eksport krediti ajratilishini ma'lum qildi.
U bu haqda Eron prezidenti Xasan Ruhoniy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, tashkillashtirilgan matbuot anjumanida gapirib o‘tgan.
“Biz sanoat sohasidagi hamkorligimizni amaliyotga tatbiq etamiz. Rossiya ushbu yo‘nalishga 5 mlrd dollar miqdorida ekport krediti ajratishga tayyor”, — dedi Putin.