Jahon | 15:16 / 24.11.2015
2814
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada rossiyalik jurnalistlar avtomobili o‘qqa tutildi: 3 nafar jurnalist jarohatlangan

Suriya hududida rossiyalik jurnalistlar mingan avtomobil o‘qqa tutildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilgan.

"23 noyabr kuni Suriya armiyasi nazorati ostida bo‘lgan Dagmashliya tumani hududida harakatlanayotgan rossiyalik jurnalistlar mingan avtomobil PTUR "TOU" orqali o‘qqa tutildi. Natijada 3 nafar jurnalist jarohatlangan", deyiladi xabarda.

TASS nashrining ma'lum qilishicha, ulardan biri, RT xodimi Roman Kosarev boshidan jarohat olgan (kontuziya). Muxbirlardan biri TASS xodimi Yelistratov ekani aytilgan.

Ayni vaqtda jurnalistlarning barchasi "Xmeymim" aviabazasiga qaytarilgan, ularga kerakli tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish