Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada rossiyalik jurnalistlarning o‘qqa tutilishi tasvirlangan video namoyish qilindi
RT telekanali jurnalistlar ketayotgan avtomobilning o‘qqa tutilishi tasvirlangan videoni namoyish qildi. Videorolik mashinadagi yo‘lovchilardan biri tomonidan tasvirga tushirilgan.
Suriyada jarohat olgan ikki rossiyalik jurnalist — Roman Kosarev va Sargona Xadayya — RT telekanalida muxbir sifatida ishlaydi, otishma paytida TASS muxbiri Aleksandr Yelistratov ham jabrlangan.
Bundan avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada dushanba, 23 noyabr kuni rossiyalik jurnalistlar ketayotgan avtomashina o‘qqa tutilganini ma'lum qilgan edi. Ularning uch nafari jarohat olgan.