Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi muxolifat vakillari Rossiya vertolyotini urib tushirgani xabar qilindi
Suriyadagi muxolifat kuchlari vakilining ma'lum qilishicha, Rossiyaga tegishli harbiy vertolyot muxolifat vakillari tomonidan urib tushirilgan.
Ma'lum qilinishicha, vertolyotga tankka qarshi raketa vositasida urib tushirilgan.
Taxmin qilinishicha, bu vertolyotdagilar Su-24 samolyoti uchuvchilarini qidirayotgan bo‘lgan.
Bundan oldinroq, Rossiya harbiy vertolyotlari Suriyada qulagan Su-24 uchuvchilarini qidirayotgani xabar qilingandi.
Biroz oldinroq, samolyotdan katapulta qilingan uchuvchilarning ikkisi ham halok bo‘lgani ma'lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr, seshanba kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini o‘z havo hududini buzib kirgani uchun urib tushirdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.