Jahon | 21:15 / 24.11.2015
9091
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi turkmanlar Su-24 uchuvchilari yerga tushganidan keyin ularni otib tashlagani ma'lum qilindi

Suriya turkmanlari vakilining ma'lum qilishicha, uning guruhidagilar Su-24 samolyoti uchuvchilari bo‘lgan ikki harbiyni ular yerga tushib, hali parashyutdan chiqishga ulgurishmaganida otib o‘ldirishgan.

Bu ma'lumotdan oldinroq, "Ozod Suriya armiyasi" vakili Johid Ahmad o‘z guruhidagilar Su-24 uchuvchilaridan birining jasadini Suriya hukumati qo‘lida asirlikda bo‘lgan sheriklaridan biriga almashtirmoqchiligi haqida xabar qilgandi.

U uchuvchilardan ikkinchisi qidirilayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Biroz oldinroq, Turkiya tomonidan chegarani buzib o‘tgani uchun urib tushirilgan Rossiyaga tegishli Su-24 harbiy bombardimonchi samolyotining 2 uchuvchisi ham halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bu ma'lumot rasman tasdiqlanmagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish