Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri Bosh shtab rahbari bilan chegaradagi samolyot bilan bog‘liq hodisani muhokama qildi
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Bosh shtab rahbari Hulusi Akar va mamlakat tashqi ishlar vaziri Faridun Siniro‘g‘li bilan Suriya chegarasidagi samolyot bilan bog‘liq hodisani muhokama qildi. Bu haqda Hürriet Daily News gazetasi hukumat rahbari devonxonasi ma'lumotiga asoslangan holda xabar berdi.
Reuters ma'lumotiga ko‘ra, Dovudo‘g‘li TIV mazkur hodisa yuzasidan NATO, BMT va boshqa manfaatdor mamlakatlar bilan maslahatlashuvlarni amalga oshirish vazifasini topshirgan.
RIA “Novosti” agentligining turk Bosh shtabi ma'lumotiga asoslanib aytishicha, urib tushirilgan samolyotga 10 marotaba ogohlantiruvchi o‘q uzilgan, shundan so‘ng F-16 qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan.