Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:41 / 24.11.2015
6891
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya Su-24 voqeasi sabab mamlakatdagi AQSh, Fransiya, Xitoy va Buyuk Britaniya elchilarini chaqirdi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi AQSh, Fransiya, Xitoy va Buyuk Britaniya elchilarini Rossiyaning aviahalokatga uchragan Su-24 samolyoti bilan bog‘liq holatni muhokama qilish uchun chaqirdi.
Bu haqda Turkiya hukumatining rasmiy vakili ma'lumot bergan.
Qayd etish kerakki, bu davlatlar BMT Xavfsizlik kengashi a'zolari hisoblanishadi.
Avvalroq Turkiya TIV voqea yuzasidan mamlakatdagi Rossiya elchisini chaqirib olgan edi.