Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina o‘z havo chegaralari buzib o‘tilsa, Turkiyadagi kabi yo‘l tutishini ma'lum qildi
Ukraina havo chegaralarida begona harbiy samolyotlar harakat qiladigan taqdirda, harbiy xuddi Turkiyadagi kabi yo‘l tutishadi, deb yozmoqda «Interfaks-Ukraina».
Bu haqda Milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashi kotibi Aleksandr Turchinov ma'lum qilgan.
«Ukrainalik harbiylar mamlakatimizga havodan bo‘ladigan xavflarda xuddi shu tarzda himoya qilishlari kerak», — deya Su-24 samolyoti qulashi bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi Turchinov.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya chegarasini buzgan deya baholangan Su-24 samolyoti turk harbiylari tomonidan urib tushirilgan, samolyot Suriyaning Lataqiya provinsiyasi hududiga qulab tushgandi.