18:19 / 24.11.2015
2552

Venger UYeFAni dopingga qarshi kurash bo‘yicha qoidalari uchun tanqid qildi

Fransiyalik mutaxassis UYeFA tomonidan doping mojarosi sabab to‘rtta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan Zagrebning «Dinamo» futbolchisi Ariyan Ademi sabab o‘z noroziligini namoyish qilgan.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, futbolchidan tashqari jamoa ham jazolanishi, va ochkolardan mahrum qilinishi lozim. UYeFA qoidalariga ko‘ra esa, kamida ikkita futbolchida doping bilan bog‘liq muammo bo‘lgan taqdirda shunday jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi.

«Bu ajabtovur qoida. UYeFA albatta o‘z nizomi bo‘yicha ish ko‘rgan. Biroq men bu qoidaga umuman qo‘shilmayman. Jamoa tarkibida doping qabul qilgan futbolchi bo‘lsa, uning o‘yindagi natijasi o‘z kuchida qolishi mumkin emas. Ammo bu qoida va biz unga ko‘nishga majburmiz».

«Kimdir bu borada meni qo‘llab-quvvatlaydimi, yo‘qmi bilmayman. Aytishim mumkinki, o‘tgan haftada UYeFA bizda doping bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi. 10 nafar futbolchi doping uchun tahlili uchun chaqirildi. Men eng yaxshi nazoratni xohlayman va menga xuddi shundayini taqdim etishdi» – deya Vengerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.

Eslatib o‘tamiz, YeChL doirasidagi «Dinamo» Zagrebga qarshi uchrashuvda «Arsenal» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Top