Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Dunyodagi eng omadsiz ism” egasi hazil qilganini tan oldi
“Dunyodagi eng omadsiz ism” egasi sifatida nom chiqargan vetnam millatiga mansub avstraliyalik hazil qilganini tan oldi. Bu haqda Mashable nashri ma'lum qildi.
Avvalroq avstraliyalik o‘z ismining haqiqiyligini isbotlash uchun pasporti fotosuratini internetda joylashtirgandi. Uning ta'kidlashicha, uning ismi Phuc Dat Bich bo‘lib, Fup Duk Bik tarzida talaffuz qilinadi, biroq ingliz tilida so‘zlashuvchi odamlar uchun u so‘kinishdek eshitiladi. Erkak uning feysbukdagi sahifasi shu sababli bir necha bor yopilganidan shikoyat qilgan.
Endi erkak bu voqeani o‘ylab topganini aytmoqda. U turli xalqlardagi “muayyan ismlarni” qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi. “Biz ko‘p madaniyatli va ko‘p millatli jamiyatda yashaymiz va meni qo‘llab-quvvatlovchi odamlarning borligi meni baxtiyor qiladi”, deb yozdi erkak feysbukda. Uning aytishicha, u odamlarni g‘azablantiradigan va be'mani tuyulgan narsa ustidan kulishga majbur qilib, ularni biroz bo‘lsa ham baxtiyor qilganidan xursand.
Bundan tashqari, avstraliyalik ijtimoiy tarmoqlarda odamlarga istalgan ismdan foydalanishga ruxsat berish kerakligini ta'kidlamoqda. “Facebook shuni anglashi kerakki, hazilkash va askiya qilishni yaxshi ko‘radiganlar doimo bo‘ladigan joyni mutlaq qonuniylashtirib bo‘lmaydi”, deb aytdi erkak.
Mirror’ning ta'kidlashicha, “dunyodagi eng omadsiz ism” voqeasi ko‘plab OAVlar, jumladan Sky, Guardian nashrlarining e'tiborini o‘ziga jalb qilgan.