Texnologiya | 17:26 / 25.11.2015
4280
2 daqiqa o‘qiladi

Artel xo‘jalik texnikalari Bojxona ittifoqi bozorlariga chiqadi

Artel savdo belgisi Bojxona ittifoqining muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bu esa Bojxona ittifoqiga a'zo davlatlar hududida mahsulotlarni qo‘shimcha ruxsat beruvchi hujjatlarisiz savdoga chiqarish imkonini beradi.
Xo‘jalik texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Artel kompaniyasi, bir necha yildirki, O‘zbekistonda iste'molchilar o‘rtasida keng shuhrat qozonib kelmoqda.

Kompaniya mahsulotlari safidan zamonaviy xalqaro sifat standartlariga mos keladigan turli xildagi xo‘jalik texnikalari joy olgan. Bugungi kunda Artel split-tizimlari (ikki blokdan tashkil topgan konditsionerlar) Bojxona ittifoqining «Eurasian Conformity» muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan.
Endilikda «Made in Uzbekistan» konditsionerlari Bojxona kengashining: Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Belarus Respublikasi, Qirg‘iziston, Armaniston kabi a'zo-davlatlarida keng foydalaniladi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarish hajmi ham 20 foizga ortadi.

Artel savdo belgisining rivojlanish va sifat nazorati departamenti ishlab chiqarilayotgan xo‘jalik konditsionerlari Bojxona ittifoqi texnik reglamenti talablariga muvofiq tarzda barcha zarur baholash jarayonlaridan o‘tkazilganini ma'lum qildi. Kompaniya barcha texnikalar uchun Bojxona ittifoqi sertifikatini olishni rejalashtirgan bo‘lib, yaqin kunlarda konditsionerlardan tashqari gaz plitalari,

kir yuvish mashinalari, muzlatkichlar va televizorlar ham eksport qilina boshlaydi. Shuningdek, ayni paytda ARTEL zavodlarida ISO 9001, ISO 14001 xalqaro standartlari talablariga mos sifat menejmenti tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish