Sport | 12:01 / 25.11.2015
2266
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada Yevropa ligasi o‘yini muxlislarsiz stadionda o‘tkaziladi

Yevropa ligasining 5-turidan o‘rin olgan, 26 noyabr kuniga belgilangan Bryusselning "Bryugge" va Italiyaning "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida "Yan Breydel" stadionidagi tribunalar bo‘sh bo‘ladi. Bu haqda mezbon jamoaning rasmiy sayti xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, shaharda terakt sodir etilishi xavfi saqlanib qolayotgani va xavfsizlikni ta'minlash choralari doirasida shunday qaror qabul qilingan.

Bu o‘yinga avvaliga faqat mehmon jamoa muxlislarini kiritmaslik reja qilingan, keyin esa mahalliy muxlislarning ham o‘yinni tomosha qilish uchun qo‘yilmasligi bo‘yicha qarorga kelingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish