O‘zbekiston | 14:45 / 25.11.2015
3500
1 daqiqa o‘qiladi

Dali Trade Corp O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochmoqchi

Janubiy Koreyaning Dali Trade Corp kompaniyasi direktori Sang Kyu Lining so‘zlariga qaraganda, Navoiy erkin industrial va iqtisodiy zonasida poliuretan va sendvich-panellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.

“Biz poliuretan va sendvich-panellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz. Markaziy Osiyo aholisining yarmidan ko‘p yashaydigan O‘zbekistonga qiziqishimiz baland. Sizning mamlakatingiz bilan aloqalarni yaxshilasak, mintaqaning boshqa davlatlari bozorlariga chiqa olamiz.

Shu bilan bog‘liq ravishda biznes-forum doirasida O‘zbekistonning bir qator kompaniyalari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdik. Istiqbolda Navoiy erkin industrial va iqtisodiy zonasida qo‘shma ishlab chiqarishni tashkillashtirishni rejalashtirmoqdamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi “Jahon” axborot agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish