00:51 / 25.11.2015
6469

Dmitriy Peskov Turkiyaning xatti-harakatlarini tushuntirib bo‘lmas deb aytdi

Turkiyaning Rossiyaning Su-24 samolyotiga nisbatan harakatlari Kremlda g‘azab va umidsizlikni keltirib chiqardi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

“Turkiyaning oldindan aytib bo‘lmaydigan harakatlari tufayli g‘azab va umidsizlikni bildirishim mumkin. Bu harakatlarni tushuntirib bo‘lmaydi va afsuski, eng salbiy tushuntirishlar kelib chiqmoqda. Bu bizning prezidentimiz gapirganlaridir”, deb javob berdi Peskov Turkiyaning harakatlariga Turkiyada TIV yo‘li bilan ishlagan odam sifatida izoh berish iltimosiga.

Peskov 1990-yillarda Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasida bir necha yil ishlagan.
Avvalroq Putin Su-24 bilan bog‘liq voqeani “orqaga pichoq urish” deb ta'rifladi.

Top