18:29 / 25.11.2015
6403

Dovudog‘li: turkmanlarga hujum qilish IShIDga qarshi kurash deb hisoblanmaydi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li turkmanlarga hujum qilish IShIDga qarshi kurashish uchun bahona bo‘lmasligini bildirdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda bosh vazir o‘zi boshchilik qiladigan Adolat va taraqqiyot partiyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Dovudo‘g‘li Moskva bilan aloqalar kanallari ochiqligicha qolishini ta'kidladi.
Bundan avvalroq esa turk diplomatlari Rossiya harbiylarini Suriya turkmanlari yashaydigan Bayirbujak shaharchasiga zarbalar berganlikda ayblagan edi.

Top