08:24 / 25.11.2015
3486

YeChL, "G" guruhi: "Chelsi" safarda yirik hisobda g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi

24 noyabr oqshomida Yevropa chempionlar ligasining navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi. 

"G" guruhi peshqadami bo‘lib turgan "Portu" Ukrainaning "Dinamo" jamoasidan o‘z uyida 0:2 hisobida yengildi.

"Chelsi" esa safarda "Makkabi"ni 4:0 hisobida mag‘lub etib qaytdi.

Bu guruhda vaziyat biroz chigal. "Chelsi" va "Portu"da 10tadan ochko mavjud. Bu jamoalar so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash kelishadi. 8 ochko jamg‘argan "Dinamo" esa 6-turda "Makkabi"ni qabul qiladi.

Portu Portugaliya – Dinamo Kiyev Ukraina 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 35, penalti Yarmolenko, 0:2 – 64 Gonsales.
Portu – Kasilyas, Martins Indi, Markano, Pereyra (Andre Andre, 46), Layyun, Imbula (Korona, 67), Danilu Pereyra, Braimi (Osvaldo, 67), Ruben Nevesh, Telo, Abubakar.
Dinamo Kiyev – Shovkovskiy, Xacheridi, Antunesh, Danilo Silva, Dragovich, Yarmolenko, Sidorchuk (Buyalskiy, 84), Ribalka, Garmash, Gonsales (Belxanda, 78), Morayes (Teodorchik, 86).
Ogohlantirishlar: Danilo Silva (36), Garmash (38), Sidorchuk (68).

Makkabi Tel-Aviv Isroil – Chelsi Angliya 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 20 Keyxill, 0:2 – 73 Villian, 0:3 – 77 Oskar, 0:4 – 90 Zuma.
Makkabi Tel-Aviv – Raykovich, Ben Xaim, Ben Xarush, Dasa, Garsiya, Zaxavi (Itsxaki, 89), Igebor, Rikan, Perets, Ben Xaim (Ben Basat, 80), Alberman (Azulay, 85).
Chelsi – Begovich, Keyxill, Baba, Aspilikueta, Terri (Zuma, 72), Fabregas, Matich, Oskar, Villian (Remi, 79), Azar (Pedro, 69), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Matich (59), Fabregas (84).
Chetlatish: Ben Xaim (40).

Top