18:45 / 25.11.2015
4353

KUN.UZ dayjesti: 25 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 25 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida qayd etildi>>

2014 yil statistikasiga asoslangan holda amalga oshirilgan, so‘nggi 15 yil mobaynidagi terrorizmning jahon mintaqalaridagi faolligi trendlari haqidagi “Dunyo terrorizm indeksi” nomli bayonotda qayd etilishicha, O‘zbekiston sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida.

Artel xo‘jalik texnikalari Bojxona ittifoqi bozorlariga chiqadi>>

Artel savdo belgisi Bojxona ittifoqining muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. 

Obama Spilberg va Streyzandni AQShning oliy mukofotlari bilan taqdirladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda o‘tkazilgan tantanali marosimda rejissyor Stiven Spilberg va aktrisa Barbra Streyzandga ozodlik medallarini topshirdi.

Samarqandda qo‘lbola Jack Daniel's viskisini tayyorlab sotganlar fosh qilindi>>

Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda viloyat hududida qo‘lbola usulda kontrafakt alkogolli ichimliklar tayyorlashga mo‘ljallangan yashirin sexlar faoliyati fosh qilindi.

Toyota Yaponiyada 1,6 mln dona avtomobilini xavfsizlik yostiqchasidagi muammolar tufayli chaqirib oladi>>

Yaponiyaning Toyota Motor avtokonserni Takata firmasi tomonidan tayyorlangan xavfsizlik yostiqchasi sifatini yana bir marta tekshirib ko‘rish uchun mamlakat hududagi 1,6 mln dona avtomobilni qaytarib oladi.

Olimlar yaratgan Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi’dan 100 barobar kuchli bo‘ladi>>

Olimlar 4 yildan buyon ish olib borayotgan Li-Fi texnologiyasi Wi-Fi muqobili bo‘lishi mumkin.

Xelsinkida “mobil telefonli odamlar” yo‘l belgisi paydo bo‘ldi

Xelsinki (Finlyandiya)da yangi yo‘l belgisi — qo‘llarida telefon bilan qadam tashlayotgan odamlar tasvirlangan qizil-sariq uchburchak paydo bo‘ldi.

“Dunyodagi eng omadsiz ism” egasi hazil qilganini tan oldi>>

“Dunyodagi eng omadsiz ism” egasi sifatida nom chiqargan vetnam millatiga mansub avstraliyalik hazil qilganini tan oldi.

Amazon Nyu-York metrosidan natsizm ramzlari tushirilgan reklamani olib tashlaydi>>

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga faqat o‘zbekistonliklar da'vogarlik qilmoqda>>

Osiyo futbol konfederatsiyasi bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha 2015 yilning eng yaxshilari bo‘lishga da'vogarlarning yakuniy uchlik ro‘yxatini e'lon qildi.

Belgiyada Yevropa ligasi o‘yini muxlislarsiz stadionda o‘tkaziladi>>

              

Top